Prezidentimizning 26-dekabr kunidagi Oliy Majlis hamda Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasini tinglab mamlakatimiz rahbarining jamiyatimizdagi barcha sohalarni rivojlantirish yoʻlidagi saʼy harakatlari sobitqadamlik bilan olib borilayotganiga yana bir bor ishonchim komil boʻldi. Mamlakatimizda inson qadri hamma narsadan ustun ekanligi, barch mexanizmlar inson uchun xizmat qilishi kerakligi haqidagi gʻoyalarga ishonchim ortib bormoqda. Prezidentimizning Murojaatnomasida jamiyatni isloh qilish boʻyicha hamma sohalar xususan, beshinchi ustuvor yoʻnalishda belgilagan Ekologik muvozanatni taʼminlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari etarlicha ochib berildiOʻzbekiston Ekologik partiyasi vakili sifatida bugungi kunda insoniyat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu ekologik muvozanatni taʼminlash, tabiiy resurslardan toʻgʻri foydalanish, atrof-muhitning ifloslanishini oldini olish masalalari deb hisoblayman.
“Yashil” energetika – ekologik toza va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish – bu muammolarning samarali yechimlaridan biri ekanligini mamlakatimiz rahbari gapirib oʻtdilar. Quyosh, shamol va suv energiyasi atrof-muhitga zarar yetkazmaydi hamda kelajak avlodlar uchun barqaror energiya manbai boʻlib xizmat qilishligi hamda bunday texnologiyalarni rivojlantirish orqali zararli gazlar chiqarilishini kamaytirish masalalari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Ayniqsa ekologik avtomobillarni koʻpaytirish boʻyicha besh yillik dasturni amalga oshirilishi hamda bunda mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratilishi ham yurtboshimizning uzoqni koʻzlab olib borayotgan siyosatining bir belgisidir deb oʻylayman.
Prezidentimizning suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan fikrlari ekologik muvozanatni saqlashda muhim ahamiyat kasb etishini anglatadi. Suvni tejash, zamonaviy sugʻorish usullarini joriy etish va suv manbalarini ifloslanishdan himoya qilish orqali suv tanqisligining oldini olish hamda ekologik madaniyatni oshirish va har bir insonning masʼuliyatini kuchaytirish barqaror kelajak sari muhim qadam ekanligini anglab yetishi muhim ekanligi taʼkidlandi.
Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2026-yil Samarqandda Global ekologik jamgʻarmaning navbatdagi assambleyasi va Markaziy Osiyo xalqaro ekokoʻrgazmasi oʻtkazilishi rejalashtirilganligi hamda ushbu tadbirlar tarmoqlar, hududlar va biznes uchun hamkorlar topish, yangi ekoloyihalarni birgalikda boshlashga katta imkoniyat yaratilishini ham alohida taʼkidlamoqchiman.
Bugungi globallashuv va sanoatlashuv davrida ekologik muvozanatni taʼminlash insoniyat oldida turgan dolzarb masalalardan biriga aylanib borayotgan bir sharoitda ekologik muvozanatni saqlashda “yashil” energetikaning ahamiyati beqiyosdir.
Prezidentimizning maʼruzalarida keltirilgan ekologik muvozanatni taʼminlash, “yashil” energetikani rivojlantirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish barqaror kelajakning muhim asosi hisoblanadi deb oʻylayman va bu borada davlat siyosati, zamonaviy texnologiyalar va jamiyatning ekologik masʼuliyati oʻzaro uygʻunlashgandagina ijobiy natijalarga erishadi va pirovard natijada xalqimizning sifatli hayot kechirishida dasturiamal boʻlib xizmat qiladi deb ishonaman.
Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani Feruza Salomova