Akkreditatsiya

TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETINING TAʻLIM DASTURLARI XALQARO AKKREDITATSIYASI BOʻYICHA MAʼLUMOT

Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME) standartlariga muvofiq xalqaro akkreditatsiya uchun mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi (IAAR) tomonidan Toshkent davlat tibbiyot universitetining 19 ta taʼlim dasturlari Xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtkazildi, jumladan:

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari:

  1. Tibbiy profilaktika ishi
  2. Farmatsiya ishi.
  3. Pediatriya ishi
  4. Davolash ishi
  5. Oliy maʼlumotli hamshiralik ishi
  6. Tibbiy biologiya ishi
  7. Xalq tabobati
  8. Biotibbiyot injeneriyasi
  9. Menedjment: Sogʻliqni saqlashda menedjment
  10. Stomatologiya

Magistratura mutaxassisliklari:

  1. 70910201-Akusherlik va ginekologiya
  2. 70910209-Nevrologiya
  3. 70910217-Urologiya

Klinik ordinatura mutaxassisliklari:

  1. 14.00.01- Akusherlik va ginekologiya
  2. 14.00.13- Nevrologiya
  3. 14.00.31- Urologiya

Malaka oshirish dasturi:

  1. Klinik va laborator diagnostika
  2. Operativ va diagnostik endoxirurgiya
  3. Oilaviy tibbiyotda eng koʻp tarqalgan ichki kasalliklarni zamonaviy tashxisoti va davolash.

Shuningdek, Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME) Yevroosiyo davlatlari tibbiyot muassasalarini akkreditatsiya qilish markazi (ECAQA) talablari asosida oʻz-oʻzini baholash boʻyicha magistraturaning 8 ta mutaxassisliklari:

  1. Endokrinologiya.
  2. Otorinolaringologiya.
  3. Oftalmologiya.
  4. Pediatriya.
  5. Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi.
  6. Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi.
  7. Bolalar nevrologiyasi.
  8. Bolalar va oʻsmirlar ginekologiyasi mutaxassis yoʻnalishlari Yevroosiyo davlatlari tibbiyot muassasalarini akkreditatsiya qilish markazi (ECAQA) tamonidan oʻtkazildi.

Jami 27 ta taʼlim dasturlari shulardan Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari – 10 ta; Magistratura mutaxassisliklari – 11 ta; Klinik ordinatura mutaxassisliklari – 3 ta; Malaka oshirish dasturi – 3ta oʻtkazildi.