Ixtisoslashtirilgan Ilmiy kengashlar

Universitetda 8 ta Ilmiy Kengash mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:

  1. 04/05.05.2023.Tib.30.04 raqamli Ilmiy kengash tarkibida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha doimiy 14.00.13-Nevrologiya va bir martalik 19.00.04-Tibbiy psixologiya ixtisosliklari faoliyoat yuritadi. 14.00.13-Nevrologiya ixtisosligi bo‘yicha 3 ta Ilmiy maktab mavjud, 19.00.04-Tibbiy psixologiya ixtisosligi bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab mavjud.
  2. 04/30.12.2019.Tib.30.01 raqamli Ilmiy kengash tarkibida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha doimiy 14.00.10-Yuqumli kasalliklar,14.00.30–Epidemiologiya va bir martalik 14.00.26–Ftiziatriya, 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya, 03.00.06–Zoologiya ixtisosliklari faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda universitetda 14.00.10–Yuqumli kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab mavjud.
  3. 04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli Ilmiy kengash tarkibida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha doimiy 14.00.07-Gigiyena, 14.00.02-Morfologiya, 14.00.15-Patologik anatomiya, 14.00.16-Patologik va normal fiziologiya va bir martalik 14.00.24-Sud tibbiyoti, 03.00.01-Biokimyo ixtisosliklari faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda universitetda 14.00.07-Gigiyena ixtisosligi bo‘yicha 2 ta Ilmiy maktab, 14.00.02-Morfologiya ixtisosligi bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab, 14.00.16-Patologik va normal fiziologiya ixtisosligi bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab, 14.00.15-Patologik anatomiya ixtisosligi bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab va 03.00.01-Biokimyo ixtisosliklari bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab mavjud.
  4. DSc04/30.12.2019.Tib.29.01 raqamli Ilmiy kengash tarkibida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha doimiy 14.00.09-Pediatriya; 14.00.11-Dermatologiya va venerologiya; 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya ixtisosliklari faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda universitetda 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya ixtisosligi bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab, 14.00.09–Pediatriya ixtisosligi bo‘yicha 3 ta Ilmiy maktab, 14.00.11-Dermatologiya va venerologiya ixtisosligi bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab mavjud.
  5. 04/30.12.2019.Tib.59.01 raqamli Ilmiy kengash tarkibida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha doimiy 14.00.04-Otorinolaringologiya, 14.00.21-Stomatologiya va bir martalik 14.00.45-Plastik jarrohlik ixtisosliklari faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda universitetda 14.00.21-Stomatologiya ixtisosligi bo‘yicha 1 ta, 14.00.04-Otorinolaringologiya ixtisosligi bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab mavjud.
  6. DSc04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli Ilmiy kengash tarkibida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha doimiy 14.00.05-Ichki kasalliklar, 14.00.29-Gematologiya va transfuziologiya, 14.00.17-Farmakalogiya va klinik farmakologiya va bir martalik 14.00.25-Klinik laborator va funksional diagnostika, 14.00.03-Endokrinologiya ixtisosliklari faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda universitetda 14.00.05-Ichki kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha 3 ta Ilmiy maktab, 14.00.17-Farmakalogiya va klinik farmakologiya ixtisosligi bo‘yicha 2 ta Ilmiy maktab mavjud.
  7. DSc04/24.09.2025.Tib.30.05 raqamli Ilmiy kengash tarkibida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha doimiy 14.00.27-Xirurgiya, 14.00.34-Yurak qon-tomir xirurgiyasi va bir martalik 14.00.37-Anesteziologiya va reanimatologiya, 14.00.31-Urologiya ixtisosliklari faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda universitetda 14.00.27-Xirurgiya ixtisosligi bo‘yicha 3 ta Ilmiy maktab, 14.00.34-Yurak qon-tomir xirurgiyasi ixtisosligi bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab va 14.00.31-Urologiya ixtisosliklari bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab mavjud.
  8. DSc04/31.10.2025.Tib.30.06   raqamli Ilmiy kengash tarkibida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha doimiy 14.00.19-Klinik radiologiya, 14.00.14-Onkologiya, 14.00.43-Profilaktik tibbiyot va bir martalik 14.00.39-Sport tibbiyoti ixtisosliklari faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda universitetda 14.00.19-Klinik radiologiya ixtisosligi bo‘yicha 1 ta Ilmiy maktab mavjud.