🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti hududida “Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yashil bogʻi” tashkil etildi. Mazkur tashabbus ekologik muhitni yaxshilash, hududni obodonlashtirish hamda talaba-yoshlar orasida tabiatga e’tibor va mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qiladi.

🔺Tadbir doirasida har ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati, professor-oʻqituvchilar ishtirokida koʻchat ekish ishlari amalga oshirildi. Yangi tashkil etilgan yashil hududda turli xil manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekilib, kelgusida uni yanada rivojlantirish, parvarishlash hamda kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
🔺Mazkur loyiha ikki muassasa oʻrtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bilan birga, ekologik barqarorlikni ta’minlash va sogʻlom muhit yaratish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.






Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi “Ekomed” klubi faoliyati sarhisob qilindi
🔹O‘zbekiston Ekologik partiyasida Yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi doirasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi “Ekomed” klubi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Klub rahbari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ekologik tashabbuslar bilan bir qatorda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki, volontyorlik loyihalari va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga qaratilgan faoliyat yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi.
🔹Shuningdek, 2026-yilda ekologik madaniyatni yuksaltirish barobarida, yoshlarning ijtimoiy faolligini kengaytirish, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🔹Davra suhbati ochiq muloqot va takliflar almashinuvi ruhida o‘tib, “Ekomed” klubining yoshlarni ijtimoiy yo‘nalishdagi faoliyatini yanada tizimli rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.





Ushbu videorolikda «Ekomed» klubining 2025-yildagi faoliyati sarhisobini ko’rishingiz mumkin.
“Daraxtlar hatlovi” loyihasi bo’lib o’tdi
🔹Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda O‘zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi tashabbusi ostida “Daraxtlar hatlovi” loyihasi amaliyotga tatbiq etildi.

🔹Mazkur loyiha shahar yashil hududlarini aniq hisobga olish, mavjud daraxtlar holatini baholash va ekologik ma’lumotlar bazasini yanada boyitish orqali atrof-muhit monitoringini takomillashtirishga xizmat qildi.
📊Tadbir davomida 5000 ga yaqin daraxt xatlovdan o‘tkazildi va tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar tizimlashtirildi.
🔹Ushbu tashabbusda Ekomed jamoasi ham faol ishtirok etib, jarayonning samarali tashkil etilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.








“Daraxtlar hatlovi” loyihasi bo’lib o’tdi
🔹Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda O‘zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi tashabbusi ostida “Daraxtlar hatlovi” loyihasi amaliyotga tatbiq etildi.
🔹Ushbu tashabbusda Ekomed jamoasi ham faol ishtirok etib, jarayonning samarali tashkil etilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
🎥Loyiha jarayonlarini videorolik orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Yashil hududni kengaytirish aksiyasi
🔹Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti hududi va talabalar yotoqxonasida navbatdagi daraxt ekish aksiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan bir qator manzarali daraxtlar ekildi va universitet hududi yanada ko‘kalamzorlashtirildi.
🎥Jarayon tafsilotlarini videorolik orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Yashil hududni kengaytirish aksiyasi
🔹Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti hududi va talabalar yotoqxonasida navbatdagi daraxt ekish aksiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan bir qator manzarali daraxtlar ekildi va universitet hududi yanada ko‘kalamzorlashtirildi.

🔹Aksiya ekologik muhitni yaxshilash, talabalarda atrof-muhitga mas’uliyat hissini kuchaytirish hamda “Yashil makon” tashabbusi g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
🔹Aksiyaning asosiy natijalari:
— Universitet hududida yashil makon kengaydi
— Talabalarda ekologik madaniyat yanada mustahkamlandi
— “Ekomed” jamoasi tashabbuslari amaliy qo‘llab-quvvatlandi
🌱Eng e’tiborli jihati:
Har bir talaba o‘zi ekkan daraxtga shaxsiy mas’ul sifatida biriktirildi. Bu esa ularning tabiatga mehrini yanada kuchaytirib, kelgusida daraxtlar parvarishi uchun davomiy mas’uliyatni ta’minlaydi.
🗣Ekomed jamoasi barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorligini bildiradi. Birgalikda yanada ko‘k, toza va sog‘lom muhit yaratamiz!



“Ekomed” jamoasi Xalqaro volontyorlar festivalida: yoshlar tashabbusi va xalqaro hamkorlik sari yangi qadam
🔹Bugun Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro volontyorlar festivalida Toshkent davlat tibbiyot universitetining tibbiy volontyorlik harakati jamoasi— “Ekomed” faol ishtirok etdi.
🎥Jarayon tafsilotlarini videorolik orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Ekomed” jamoasi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida ekologik xavfsizlikka qaratilgan amaliy ishlar olib borildi
🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida ekologik muhitni sog‘lomlashtirish va atmosferaga zararli chang zarralarining tarqalishini oldini olish maqsadida hududda bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.

🔺 Hududdagi barcha yo‘laklar, piyodalar yo‘nalishlari va yashil maydonlar maxsus texnika yordamida namlantirildi. Universitet atrofi bo‘ylab o‘rnatilgan suv purkagich tizimlari ishga tushirilib, gazonlar, gulzorlar va bog‘lar muntazam ravishda sug‘orildi. Bu nafaqat chang ko‘tarilishini kamaytirish, balki yashil hududlarning yanada ko‘rkam va sog‘lom bo‘lishiga ham xizmat qildi.
🔹 Shuningdek, atmosfera havosiga zararli moddalar chiqishining oldini olish maqsadida havo ifloslantiruvchi chiqindilar maxsus nazorat qilinib, ular daraxtlar tagiga olib borilib, xavfsiz tarzda ko‘mildi. Ushbu chora-tadbirlar nafaqat ekologik xavfsizlikni ta’minlash, balki yashil hududlarni saqlash, tabiatni asrash va sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan.

🔍 Toshkent davlat tibbiyot universiteti ekologik mas’uliyatni chuqur his qilgan holda, hududda toza havo va qulay muhitni ta’minlash borasidagi ishlarni davom ettiradi.
🌱 Qadrli professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar! Tabiatni asrash har birimizning o‘z qo‘limizda! Ekologiyani asrab-avaylash ishlarida faol ishtirok etaylik!
🔺 Mazkur tashabbuslar universitet jamoasi hamda yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga ham xizmat qiladi.




#biz_befarq_emasmiz #tabiatni_asraylik
Ayni vaqtda Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-sonli Akademik litseyida “Salomatlik va ekologiya: Iqlim o‘zgarishi va uning aholi salomatligiga ta’siri” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlash arafasida
🔹Mazkur anjuman ekologik omillarning inson salomatligiga ta’sirini, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni o‘rganish, ularni kamaytirish bo‘yicha ilmiy yondashuvlar va innovatsion yechimlarni muhokama qilishni maqsad qiladi.
🔹Tadbirda yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, tibbiyot va ekologiya sohasidagi mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Anjuman doirasida:
⭕️iqlim o‘zgarishining tibbiy-epidemiologik oqibatlari;
⭕️atmosfera ifloslanishi va aholi salomatligi;
⭕️ekologik xavfsizlik va profilaktika choralarining takomillashtirilishi;
⭕️bolalar va yoshi ulug‘ kishilar salomatligiga ta’sir etuvchi ekologik omillar kabi dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar va ilmiy muhokamalar o‘tkaziladi.
🔹Anjuman yakunida ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilib, ular sog‘liqni saqlash tizimi va ekologik siyosatni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar sifatida taqdim etiladi.
🔹Toshkent davlat tibbiyot universiteti ushbu anjuman orqali iqlim o‘zgarishining salomatlikka ta’siri bo‘yicha milliy va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirishni maqsad qilgan.