Ilmiy tadqiqotlar

Ilmiy salohiyati:

Faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning 366 nafari fan doktorlari, 860 nafari fan nomzodlari (PhD).

Asosiy maqsad:

  • Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish;
  • Ilmiy maqolalarni xalqaro platformalarda chop etish;
  • Yosh olimlar va professor-o‘qituvchilarni xorijiy stajirovkalarga jalb qilish;
  • Ilmiy innovatsiya va startaplarni qo‘llab-quvvatlash;
  • Xalqaro ilmiy standartlar va akkreditatsiya talablariga mos faoliyat yuritish.

Ilmiy yo‘nalish yo‘l xaritasi:

🧪 1. Ilmiy salohiyatni oshirish

Ilmiy salohiyatni 2026 yil 70% yetkazish.

🌍 2. Xalqaro tajriba almashinuvi

120 nafar professor va tadqiqotchini xorijda stajirovkaga yuborish;

50 nafar talabani xalqaro mobillik dasturlari orqali xorijga yuborish.

🧾 3. Xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik

WFME, QS, THE kabi xalqaro standartlarga moslashish;

Ishchi guruhlar tuzish va chet el mutaxassislarini jalb qilish.

💡 4. Iqtidorli yoshlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash

200 nafar talabaga startap va innovatsion loyihalarda ishtirok etish uchun 1 mlrd so‘m ajratish.

🏆 5. Davlat va maxsus stipendiyalar uchun tayyorgarlik

Prezident va davlat stipendiyalariga nomzodlar tayyorlash va raqobatbardoshligini oshirish.

📊 6. SCOPUS/Web of Science bazasidagi maqolalar sonini oshirish

Yiliga kamida 300 ta maqola chop etish, h-indeksga ega olimlar sonini 2 barobarga ko‘paytirish.

🧠 7. Ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish

5 ta yangi loyiha (3 ta amaliyotchi, 2 ta innovatsion) amalga oshiriladi;

Erasmus, KOFIH, Adamed kabi xalqaro loyihalarga jalb etilish.

🤝 8. Fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasi

Xo‘jalik shartnomalari sonini 112 tadan 150 taga yetkazish;

Tushumlarni 2 mlrd so‘mgacha oshirish.

💻 9. Ilmiy jarayonlarni raqamlashtirish

Doktorant va mustaqil tadqiqotchilar hujjatlarini to‘liq elektron shaklda qabul qilish.

👩‍🔬 10. Maqsadli doktorantura va ixtisoslashuv

Muammoli yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli ilmiy kadrlar tayyorlash;

Attestatsiya va monitoringni tizimlashtirish.