Moliyaviy faoliyat

Toshkent davlat tibbiyot universitetida moliyaviy samaradorlikni oshirish, moddiy-texnik bazani yaxshilash, raqamlashtirish, yashil energetika va yashil iqtisodiy yondashuvlarni joriy etish orqali umumiy infratuzilmani rivojlantirish.

1. Moliyaviy xizmatlarni markazlashtirish

• Barcha muassasalar uchun yagona moliya-markaz tashkil etiladi.

• Xorijiy ekspertlar va vazirlik bilan hamkorlikda ishchi guruh tashkil etiladi.

2. Talabalar turar joylarini taʼmirlash va jihozlash

• TTJ binolari taʼmirlanadi.

• Eski jihozlar almashtiriladi, yangilari o‘rnatiladi.

3. “Workout” zona va infratuzilma yaratish

• Kampuslarda sport maydonlari, o‘rindiqlar va axlat qutisi o‘rnatiladi.

4. Bosmaxona tashkil etish

• Zamonaviy bosma uskunalar bilan jihozlangan matbaa ochiladi.

5. Klinikaning infratuzilmasini yangilash

• Laboratoriya va diagnostika uskunalari xarid qilinadi.

• Keng ko‘lamda rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi.

6. Moliyaviy faoliyatni raqamlashtirish va shaffoflashtirish

• Barcha moliyaviy maʼlumotlar rasmiy veb-saytda joylashtiriladi. Qog‘oz almashinuvi tugatilib, elektron shaklga o‘tiladi.

7–8. Yashil energetika va iqtisodiyot

Quyosh panellari, sensorli yoritgichlar va energiya tejovchi nasoslar o‘rnatiladi.

Barcha binolar energetik auditdan o‘tkaziladi.

Bazalt yopqichlar orqali issiqlik izolyatsiyasi taʼminlanadi.

9. «Yashil makon» tashabbusi

2400 dan ziyod daraxt va gul ko‘chatlari ekiladi.

Sugorish tizimi yangilanadi va laboratoriya jihozlari taʼmirlanadi.

10. 1340 o‘rinli yangi TTJ qurilishi

Davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi.

Talabalarni turar joy bilan qamrov darajasi oshiriladi.

11. O‘quv jarayonini raqamlashtirish

AKT vositalari xarid qilinadi.

12. Videokuzatuv tizimini joriy etish

750 ta videokamera o‘rnatilib, “Shaffof qurilish” orqali nazorat olib boriladi.