Sport vazirligi tashabbusi bilan poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan sport majmuasida vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar oʻrtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.
💎Musobaqalar doirasida ishtirokchilar sportning stol tennisi hamda shaxmat-shashka turlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
⬅️Tadbirni Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov ochib berib, ishtirokchilarni samimiy qutladi hamda barchani sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, sport bilan muntazam shugʻullanishga chorladi.
📌Musobaqalarda 200 nafarga yaqin xotin-qizlar faol ishtirok etdi. Qizgʻin va murosasiz bahslar yakunida gʻolib hamda sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandi.
✅Quvonarlisi, 😀Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi I.K. Maxkamova shashka sport turi boʻyicha yuqori mahorat koʻrsatib, respublika bosqichida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. U Sport vazirining faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
💠Mazkur yutuq universitet jamoasi uchun katta faxr bo‘lib, xotin-qizlarning sportga boʻlgan qiziqishi va faolligi ortib borayotganining yorqin namunasidir.








