Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan Transkaspiy davlatlari gepatopankreatikobiliar jarrohlik assotsiatsiyasining II Xalqaro kongressi bugun 3-kun dasturi bilan o‘z

ishini boshladi.

Ayni damda kongress doirasida oshqozon osti bezi saratoni, jigar o‘smalari, minimal invaziv jarrohlik, pankreatit hamda murakkab klinik holatlarni davolashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan ilmiy sessiyalar davom etmoqda.

Xalqaro ekspertlar, yetakchi jarrohlar va mutaxassislar ishtirokida ilg‘or tajribalar, innovatsion texnologiyalar hamda amaliy natijalar yuzasidan ma’ruzalar taqdim etilib, tajriba almashinuvi yuqori darajada olib borilmoqda.
Kongress Markaziy Osiyo, Turkiya, Kavkaz va Bolqon mintaqasi mutaxassislari uchun muhim ilmiy-amaliy platforma sifatida xizmat qilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin