2026-yilda kasbiy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarni yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

Kasbiy  ta’lim muassasalari (boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim darajalari) uchun o‘quv qo‘llanmalari tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan mualliflar (yoki mualliflar jamoasi) tomonidan quyidagi hujjatlardan iborat takliflar tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:
ishtirok etish uchun buyurtmanoma;
qatnashchining so‘rovnomasi;
o‘quv adabiyoti konsepsiyasi;
o‘quv adabiyotining reja-prospekti;
bitta bobning namuna matni.

Takliflar joriy yilning 20-iyun kuniga qadar a.usmanov@kasbedu.uz elektron manziliga yoki Kasbiy ta’lim agentligiga asl nusxada, A4 konvertga solib, jildida ta’lim muassasasi nomi, mualliflar F.I.Sh., telefon raqami yozilgan holda taqdim etish so‘raladi.
Aloqa uchun;+998555200808 (145)
+998901757813
Kasbiy ta’lim muassasalari uchun 2026-yilda yaratilishi rejalashtirilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati
O‘quv qo‘llanmani yaratishga qo‘yiladigan talablar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram |YouTube|Telegram