«BESH TASHABBUS OLIMPIADASI» — VOLEYBOL: JAMOAVIY HAMJIHATLIK VA GʻALABA SARI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-Pediatriya fakulteti talabalari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida voleybol musobaqasi tashkil etildi!
Sport — iroda, matonat va jamoaviy birdamlik timsoli!
Musobaqa talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqani Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-Pediatriya fakulteti dekani Ashurova Dilfuza Tashpo‘latovna ochib berdi.

Dekan o‘z nutqida talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlab, barcha jamoalarga omad, kuch-g‘ayrat va zafarlar tiladi. Shuningdek, ishtirokchilarni musobaqada faol qatnashishga, o‘z imkoniyatlarini namoyon etishga hamda halol raqobat va jamoaviy hamjihatlik ruhida bellashishga chorladi.

Har bir jamoa g‘alaba sari intilib, o‘z mahorati va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdi.

Musobakada kizlar komandasidan
1-urin Liderlar
2-urin Birlik
3-urin Venners
Ugil bolalar jamoasidan
1-urin Volltoge
2-urin Milan
3-urin Yunayted

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Ulasheva Yorqinoy Baxramovna
BARCHA JAMOALARGA OMAD VA ZAFARLAR TILAYMIZ!
Sport — salomatlik garovi, birdamlik ramzi va g‘alabalar sari yo‘l!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment