Sergeli Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi  texnikumi  o‘quvchilari Toshkent davlat tibbiyot universiteti Реdiyatriya kampusiga tashrif buyurib  universitetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar

Sergeli Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi  texnikumi  o‘quvchilari Toshkent davlat tibbiyot universiteti Реdiyatriya kampusiga tashrif buyurib  universitetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar universitetning zamonaviy simulyatsion markazi, tibbiyot muzeyi hamda ilg‘or axborot texnologiyalari bilan jihozlangan kutubxona faoliyatini ko‘zdan kechirdilar.

Shuningdek, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan xonalarda mutaxassislar nazorati ostida amaliy ko‘nikmalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tashrif doirasida  o‘quvchilarga tibbiyot sohasida ta’lim olish imkoniyatlari, kasb tanlash mezonlari hamda kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni tibbiyot kasbiga yo‘naltirish, ularda sog‘liqni saqlash sohasiga nisbatan mehr va yuksak mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashrifda ishtirok etgan o‘quvchilar uchun ushbu tadbir kelajakda tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilаdi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment