
#Ilmli_qiz#ToshDavTU_iftixorlari⌛ŞAXMAT TAXTASIDAN ILM MAYDONIGA: MAŞHURAXONNING ÖZ YÖLI
Şaxmat insonni bir neça yurış oldinni köra bilişga örgatadi. Dasturlaş mantiqiy fikrlaşni, tibbiyot esa bilim bilan birga mas’uliyatni talab qiladi. Xöş, bu uçala yönaliş bir qizning hayotida birlaşsa-çi?
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolaş fakultetining 635-DI guruh talabasi Tuyçiyeva Maşhuraxon Alişer qizining intilişlari ana şunday qiziqarli savolga javob bölgudek.
Bugungi yoshlar orasida xorijiy tillarni örganayotganlar ham, ilmiy izlanayotganlar ham köp. Ammo Maşhuraxonning faolligida bir jihat diqqatni tortadi: u bilimini faqat öz mutaxassisligi doirasida çegaralab qöymayapti.
Turk, rus va ingliz tillarini biladi. 2020-yildayoq ingliz tilidan IELTS sertifikatini qölga kiritgan. Bu uning til örganişga ança erta jiddiy yond a şganini körsatadi.
Eng muhimi, Maşhuraxon zamonaviy texnologiyalarga şunçaki foydalanuvçi sifatida qaramaydi. U dasturiy mahsulot muallifi. Mazkur iş Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida DGU-68854 raqami bilan röyxatdan ötkazilgan.
Bu — yosh talabaning g‘oyani amaliy natijaga aylantiriş yölida ta şlagan muhim qadami.
Uning ilmiy faoliyati ham e’tiborga loyiq. 13 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. «Fundamental fanlar» onlayn olimpiadasi ğolibi. Xalqaro olimpiada va konferensiyalarda birinçi, ikkinçi örinlar hamda turli nominatsiyalarga sazovor bölgan.
Maşhuraxonning yana bir qirrasi sport maydonida namoyon böladi. Şaxmat musobaqasida uçinçi, badminton böyiça esa birinçi örinni egallagan. «Eng faol sport tarğibotçisi» nominatsiyasida ham ğoliblikni qölga kiritgan.
Şaxmatdagi sabr, badmintondagi çaqqonlik, ilmiy izlanışdagi qat’iyat — bular bir-biridan farqli körinsa-da, barçasining zamirida intizom va öz ustida işlaş turadi.
Maşhuraxon faqat şaxsiy yutuqlar bilan kifoyalanmaydi. U «MedDominus» klubi, «Qizlar akademiyasi», «Özbekiston Yoşlar diplomatiya markazi» a’zosi. Şuningdek, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi safida ham faoliyat olib boradi.
«Yil talabasi — 2026», «Ilm-fan fidoyisi» va «Millat iftixori» kökrak nişonlari bilan taqdirlangani uning turli yönalişlardagi intilişlari e’tirof etilayotganidan dalolat.
Bugun tibbiyotga yangiç a fikrlaydigan avlod kirib kelmoqda.
Ular şifokorlikni tanlar ekan, faqat mavjud bilimlarni özlaştiriş bilan çeklanmasdan, raqamli texnologiyalarni tuşunişga, xalqaro ilmiy muloqotga kirişişga, yangilik yaratishga intilmoqda.
Maşhuraxon ana şunday avlod vakillaridan biri.
Albatta, talab a likdagi ğalabalar hali katta ilmiy k aşfiyot degani emas. Ammo ular ertangi katta marralar uçun mustahkam zamin yaratadi. Maşhuraxonning oldida ham hali köp izlanış, sinov va mas’uliyatli yillar turibdi.
Bizni esa bir haqiqat quvontiradi: bugun özbek qizlari nafaqat ilm olayapti, balki texnologiya yaratishga, xalqaro maydonda öz bilimini sin aşga, jamiyat hayotida faol qatnaşişga dadil intilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin