Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-davolash fakulteti bitiruvchi kurs talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilib, izchil davom etmoqda.

Mazkur muhim bosqichda bitiruvchi talabalar o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini namoyon etib, kelajakdagi shifokor sifatidagi salohiyatlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.

Yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lajak malakali mutaxassislar uchun mas’uliyatli va muhim bosqich bo‘lib, unda har bir talabaga o‘z bilim va mahoratini to‘liq namoyon etish imkoniyati yaratilgan.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi barcha bitiruvchilarga ushbu sinovlarda muvaffaqiyat, yuqori natijalar hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#2DavolashFakulteti#YakuniyDavlatAttestatsiyasi#Bitiruvchilar#KelajakShifokorlari

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment