E’LON

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan tashkil etilayotgan an’anaviy “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi ning fakultet bosqichlarida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan eng faol, iqtidorli va iste’dodli talaba-qizlar tanlovning universitet bosqichida o‘zaro bellashadilar.

Tanlov davomida talaba-qizlar o‘zlarining bilim va salohiyati, ijodkorligi, liderlik qobiliyati, tashabbuskorligi hamda sahna madaniyatini namoyon etdilar.

Universitet bosqichi yakuniga ko‘ra:
g‘olib va sovrindor ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi;
eng faol ishtirokchilar alohida nominatsiyalar asosida taqdirlanadilar.
Tanlov sanasi: 2026-yil 5-iyun
Boshlanish vaqti: soat 14:00

Barcha ishtirokchilarga omad, muvaffaqiyat hamda yorqin g‘alabalar tilaymiz!
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:
Telegram | Web-saythttps://www.facebook.com/share/1CKxxvRaVu/

Leave a comment