Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1-iyun — Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan 2-kampus hududida bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbir universitet xodimlarining farzandlari uchun 1-Pediatriya va xalq tabobati fakulteti mas’ullari, “Ask Charity” jamoasi hamda talaba-ko‘ngillilar hamkorligida o‘tkazildi. Tadbir davomida bolajonlar uchun masxarabozlar ishtirokida qiziqarli tomoshalar, turli o‘yinlar va raqs dasturlari tashkil etilib, bayramona kayfiyat yaratildi.

Quvnoq va samimiy muhitda o‘tgan tadbir yakunida barcha bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, shu kuni Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikum o‘quvchilariga ham sovg‘alar ulashildi.
Mazkur bayram tadbiri bolajonlarga unutilmas quvonch, samimiy tabassum va yorqin taassurotlar ulashib, ularning qalbida iliq xotiralar qoldirdi

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin.

Leave a comment