Toshkent davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlari diqqatiga!

Qatag‘on qurbonlarining boy ilmiy va badiiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning ibratli hayoti va faoliyatini yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi doirasida “Jadidlar” to‘plami hamda qatag‘on qurboni bo‘lgan adiblarning asarlari audiovizual shaklda tayyorlanib, “Mutolaa” ilovasiga joylashtirildi.
Ushbu audiokitoblar orqali jadidlar va qatag‘on qurbonlarining hayoti, faoliyati hamda ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
Audiokitoblarni quyidagi havolalar orqali kiring va tinglang:
https://t.me/yoshlareduuz/22585https://t.me/yoshlareduuz/22607
Aziz talaba-yoshlar, sizlarni mazkur audiokitoblarni tinglashga, milliy tariximiz va ma’naviy merosimizni chuqurroq o‘rganishga chorlaymiz. Keling, jadidlar va qatag‘on qurbonlari xotirasini e’zozlab, ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilaylik!

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment