Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan Transkaspiy davlatlari gepatopankreatobiliar jarrohlik assotsiatsiyasining II Xalqaro kongressi o‘z ishini boshladi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Trans-Caspian HPB Surgery Association hamkorligida Transkaspiy davlatlari gepatopankreatobiliar jarrohlik assotsiatsiyasining II Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo, Turkiya, Kavkaz va Bolqon mintaqasidan yetakchi HPB jarrohlari, olimlar, tadqiqotchilar hamda tibbiyot sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Kongress doirasida oshqozon osti bezi saratoni jarrohligidagi zamonaviy yondashuvlar, pankreatoduodenektomiyadan keyingi asoratlar, jigarning birlamchi xavfli o‘smalari, minimal invaziv jigar va pankreas jarrohligi, o‘tkir va surunkali pankreatit, murakkab xolesistektomiya, o‘t yo‘llari shikastlanishlari profilaktikasi va davolash, pediatrik HPB jarrohligi hamda boshqa dolzarb mavzular yuzasidan ilmiy ma’ruzalar va muhokamalar olib borilmoqda.
Kongress ilmiy-amaliy tajriba almashish, zamonaviy davolash usullarini muhokama qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platforma vazifasini bajarmoqda.
Tadbir gibrid formatda tashkil etilgan bo‘lib, unda mahalliy va xorijiy mutaxassislar bevosita hamda onlayn tarzda faol ishtirok etmoqda.
Kongressning asosiy sessiyalari Azimut Hotel Tashkent majmuasida davom etmoqda. Toshkent davlat tibbiyot universiteti mazkur xalqaro kongress orqali tibbiyot ilm-fani va amaliyotini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment