
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan “5000 nafar yosh ekologiya targ‘ibotchisi” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi mashhur Kemalar qabristoniga ekologik-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning ekologik bilimlarini oshirish, Orol dengizi fojiasining oqibatlari bilan yaqindan tanishtirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida ishtirokchilar Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, ularning inson salomatligi va atrof-muhitga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bugungi kunda Orolbo‘yi hududini ekologik tiklash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi turmush sifatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Orol muammosi xalqaro miqyosda global ekologik masalalardan biri sifatida e’tirof etilib, uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha jahon hamjamiyati bilan hamkorlik kuchaytirilmoqda.
Mazkur ekologik-ma’rifiy sayohat yoshlarning tabiatga nisbatan mas’uliyatini oshirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va Orolbo‘yi hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Rasmiy sahifalarimiz!