Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Transkaspiy davlatlari gepatopankreatikobiliar jarrohlik assotsiatsiyasining II Xalqaro kongressi bugun o‘z ishini faol davom

ettirmoqda.

Kongressning 2-kunida yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirokida oshqozon osti bezi saratoni, jigar o‘smalari, pankreatoduodenektomiyadan keyingi asoratlar, minimal invaziv jarrohlik hamda o‘tkir va surunkali pankreatitni davolashning zamonaviy yondashuvlari keng muhokama qilinmoqda.

Xalqaro ekspertlar tomonidan ilg‘or klinik tajribalar, innovatsion texnologiyalar va murakkab jarrohlik amaliyotlari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etilib, tajriba almashinuvi qizg‘in davom etmoqda.
Mazkur kongress Markaziy Osiyo, Turkiya, Kavkaz va Bolqon mintaqasi jarrohlari uchun muhim ilmiy-amaliy platforma sifatida xizmat qilib, sohada hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
#HPB2026#TransCaspianHPB#GepatopankreatikJarrohlik#ToshkentKongress

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment