





Ayni kunlarda Ispaniyaning Barcelona shahrida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari forumi bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli xalqaro tadbirda har ikki mamlakatning 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektorlari, shu jumladan Toshkent davlat tibbiyot universtiteti rektori, professor Shuxrat Bymuradov ham ishtirok etmoqda.
Forum O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, universitetlararo aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan muhim muloqot maydoni sifatida xizmat qilmoqda.
Tadbir doirasida muhandislik, sun’iy intellekt, xorijiy til ta’limi, raqamli transformatsiya, ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilmoqda.
Forum davomida talabalar almashinuvi dasturlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar akademik mobilligini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolda xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur forum O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohalarida ilg‘or tajribalarni almashish hamda xalqaro akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Unda erishilayotgan kelishuvlar va ilgari surilayotgan tashabbuslar ikki mamlakat universitetlari o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirishga zamin yaratadi.
Rasmiy sahifalarimiz!