
2026-yil 15-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi muhtasham “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining “BITIRUVCHI–2026” tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tadi.
Toshkent davlat tibbiyot universitetining bitiruvchi talabalarini birlashtiradigan ushbu unutilmas bayramda ularning yutuqlari, mehnati va erishgan muvaffaqiyatlari e’tirof etiladi. Bu kun yosh shifokorlarning kasbiy hayot sari qo‘ygan muhim qadamlarini tantanali ravishda nishonlaydigan tarixiy va quvonchli lahzalarga boy bo‘ladi.
Tadbirning barcha jarayonlari YouTube platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda namoyish etiladi.
Biz bilan birga bitiruvchilarimizning eng unutilmas va hayajonli onlariga guvoh bo‘ling!
Rasmiy sahifalarimiz!