Toshkent davlat tibbiyot universitetida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-iyun kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakillari bilan «Reabilitatsiya» yo‘nalishidagi ta’lim dasturlarini rivojlantirish hamda «Ergoterapiya» mutaxassislarini tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosining reabilitatsiya va nogironlik masalalari bo‘yicha texnik xodimi Shirin Kiani, sog‘liqni saqlash tizimlari bo‘yicha maslahatchi Gulnoz Abdullayeva, shuningdek, reabilitatsiya bo‘yicha xalqaro ekspert Veronika Kjepkovska ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari, xalqaro tajribani joriy etish va Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Reabilitatsiya” yo‘nalishini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, zamonaviy reabilitatsiya tibbiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ergoterapiya mutaxassislarini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar ta’lim sifatini oshirish va malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashga qaratilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment