




Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.R. Xurramov, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida G‘alaba bog‘i hududida joylashgan Shon-sharaf davlat muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida talaba-yoshlar Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimizning mardligi, fidoyiligi va matonatini aks ettiruvchi tarixiy eksponatlar, jangovar mukofotlar, harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari bilan yaqindan tanishdilar.
Muzey tarkibidagi “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlari, shuningdek, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalar talabalarda Vatanga sadoqat, ajdodlar jasoratiga hurmat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy xotirasini boyitish, ularda vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati hissini kuchaytirishga xizmat qildi.
Guruh tyutori: Babayarova N.D.
Rasmiy sahifalarimiz!