
Innovatsion rivojlanish agentligi “IdeaFit 30” 30 kunlik onlayn intensiv dasturi uchun arizalar qabulini ochiq deb e’lon qiladi!
Dastur nimalarni taqdim etadi?
30 kunlik onlayn intensiv: Haftada 2 marta onlayn dars va faqat amaliy vazifalar.
Mentor va 3 ta koordinator: Ekspertdan aniq yo‘nalish, koordinatorlardan esa kontent, texnika va intizom bo‘yicha kunlik ko‘mak.
Trello orqali tekshiruv: Har bir jamoaning topshiriqlari Trello platformasida ochiq-oydin tekshirib boriladi.
Inkubatsiyaga tayyorlash: G‘oyangizni real bozor filtri (CustDev, Lean Canvas, MVP) orqali professional startap darajasiga olib chiqish.
– Qabul soni: Saralangan maxsus 20 nafar ishtirokchi;
– Ishtirok etish: Mutlaqo BEPUL (Saralash asosida).
Ro‘yxatdan o‘tish:@startupperuzbot(Ariza topshirish bo‘limi orqali)⏱Arizalarni qabul qilish muddati 24-iyunga qadar!
Bizni kuzating