Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Germaniyaning Lyubek universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Germaniya tibbiy ta’lim standartlari asosida yosh kadrlar tayyorlash va ta’lim jarayonini takomillashtirish maqsadida iyun oyida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor J.D.Israilov boshchiligidagi yosh kadrlardan iborat delegatsiyaning Germaniyaga xizmat safari rejalashtirilgan.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Germaniya tibbiy ta’lim standartlari asosida mutaxassislar tayyorlash tajribasini o‘rganish, modulli ta’lim tizimi, klinik tayyorgarlik, o‘quv rejalari hamda talabalarni baholash mexanizmlari bilan yaqindan tanishishdan iborat.
Safar dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, kafedralararo hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim loyihalarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.