





“Milliy libosimiz – milliy qadriyatlarimiz” shiori ostida olmazor tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Toshkent davlat tibbiyot universitetining lider qizlari tomonidan milliy liboslarimiz namoyishi, xalqimizning boy madaniy merosi va urf-odatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi. Ishtirokchilarga milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan qiziqarli chiqishlar namoyish etildi.
Bolajonlarning kuy-qo‘shiqlar sadolari ostidagi raqslari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, kelin salom marosimi namoyish etilib, tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada shukuh baxsh etdi.
Tadbirda nuroniylar, mahalla faollari, xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish borasidagi fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:
Telegram | Web-saythttps://www.facebook.com/share/1CKxxvRaVu/