Hurmatli xorijiy abituriyentlar!
Rus yoki o‘zbek tilida o‘qishni rejalashtirayotgan abiturientlar hujjatlarni qabul qilish muddati 2026-yil 22-iyundan 30-iyulgacha amalga oshiriladi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun rus va o‘zbek tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar qabuli boshlanganligini e’lon qilinadi:
• Davolash ishi (6 yil);
• Stomatologiya (5 yil);
• Pediatriya ishi (6 yil);
• Farmatsiya (5 yil);
• Biotibbiyot muhandisligi (4 yil);
• Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (4 yil);
• Fundamental tibbiyot (4 yil);
• Kimyo (4 yil);
• Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati (4 yil);
• Menejment (4 yil);
• Oliy hamshiralik ishi (4 yil);
• Tibbiy profilaktika ishi (5 yil).
Hujjatlarni rus yoki o‘zbek tilida erkin so‘zlashadigan chet el fuqarolar topshirishi mumkin.
O‘qishga qabul qilish Suhbati Zoom platformasidan foydalangan holda (video yozuv ostida) mutaxassislik fanlari bo‘yicha tanlangan ta’lim tilida (rus yoki o‘zbek tilida) onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Suhbatda ishtirok etish uchun abituriyent quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) belgilangan shakldagi ariza;
b) yashash manzili va aloqa ma’lumotlari;
c) attestat, sertifikat yoki diplom nusxasi;
d) milliy pasport va xorijga chiqish pasporti nusxasi;
e) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (zarur hollarda).
To‘liq hajmda taqdim etilmagan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatlar quyidagi elektron pochta orqali qabul qilinadi:
Diqqat! Yuqoridagi tillarni bilmaydigan shaxslarning arizalari qabul qilinmaydi.
MUHIM!
INGLIZ TILIDAGI TA’LIM DASTURLARIGA XORIJIY TALABALARNI QABUL QILISH BO‘YICHA MA’LUMOTLAR QO‘SHIMCHA E’LON QILINADI!
Asoslanmagan ma’lumotlarga ishonmasligingizni so‘raymiz, rasmiy ma’lumotlar faqat https://tashmeduni.uz/ sayti orqali e’lon qilinadi.