






Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida haftaning payshanba kuni munosabati bilan universitet rahbariyati va talaba-yoshlar ishtirokida navbatdagi ochiq uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirayotgan masalalar tinglanib, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, talabalarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, universitet hayotiga oid dolzarb mavzular yuzasidan samimiy fikr almashildi.
Bildirilgan taklif va mulohazalar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni amaliyotga joriy etish hamda mavjud masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikrini eshitish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va universitet taraqqiyotidagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz!