Bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

#EʼtirofBir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Prezident qarori ga binoan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va qobiliyati, tashabbuskorligi hamda samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimiz munosib rag‘batlantirildi.

Ular orasida talaba va doktorantlari ham borligi soha vakillarini quvontirdi.
Istamov Hayot Yo‘lchiyevich – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi;
Astanaliyev Elmurod Tursunali o‘g‘li – Toshkent davlat transport universiteti mustaqil izlanuvchisi;
Larin Yevgeniy Alekseyevich – Toshkent davlat tibbiyot universiteti 6-bosqich talabasi;
Aminboyev Qodirbergan Olimboy o‘g‘li – Urganch davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi.
Ma’lumot o‘rnida, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Leave a comment