
FIFA rasmiy saytida nufuzli turnirning “Eng yaxshi goli” (Goal of the Tournament) nominatsiyasi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi.
Hozirda birinchi bosqich — guruh o‘yinlarida kiritilgan 215 ta gol orasidan eng sara 12 ta eng chiroyli gol saralab olingan. Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR terma jamoasi darvozasiga yo‘llagan ajoyib “parashyut” zarbasi ham joy olgan.
Muhim eslatma: Ovoz berish jarayoni juda qisqa muddat davom etadi (yakunlanishiga 1 kundan sal ko‘proq vaqt qoldi). Shu bois, barcha hamyurtlarimizni, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va futbol muxlislarini hozirning o‘zida faollik ko‘rsatib, hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz!
Ovoz berish tartibi:
1-qadam: FIFA rasmiy sahifasiga o‘ting: play.fifa.com/gott2-qadam: Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlang va “VOTE” tugmasini bosing;
3-qadam: Ovozni muvaffaqiyatli yakunlash uchun “CREATE A FIFA ID ACCOUNT” tugmasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘ting yoki mavjud akkauntingizga kiring.
Bizni kuzating