Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-iyundagi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, sport, madaniyat va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishib, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh faol yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
E’tiborlisi, ushbu nufuzli davlat mukofoti sohiblari orasida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 6-bosqich talabasi Larin Yevgeniy Alekseyevich ham bor.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti yuksak bilim va salohiyat, tashabbuskorlik, yetakchilik hamda Vatan taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi bilan ajralib turgan iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida taqdim etiladi. Mazkur yuksak e’tirof Larin Yevgeniy Alekseyevichning tibbiyot sohasidagi izlanishlari, ilmiy salohiyati va fidokorona mehnatiga berilgan munosib bahodir.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi Larin Yevgeniy Alekseyevichni ushbu yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etadi hamda unga kelgusidagi ilmiy, kasbiy va jamoatchilik faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Ushbu yuksak e’tirof universitetimiz talabalari uchun munosib ibrat va kuchli motivatsiya bo‘lib, yoshlarning ilm-fan, tibbiyot va Vatan taraqqiyoti yo‘lida yanada faol, tashabbuskor va fidoyi bo‘lishiga xizmat qiladi.
#ToshDavTU#MardOgʻlon#DavlatMukofoti#TalabalarYutugʻi#Yoshlar#Tibbiyot

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment