Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlarga tabrik yo’lladi

Hurmatli aziz yoshlar!

Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Yoshlar — Yangi Oʻzbekistonning eng katta boyligi, taraqqiyotimizning ishonchli tayanchi va kelajagimiz bunyodkorlaridir. Sizlarning bilim olishga bo‘lgan intilishingiz, yuksak marralarni zabt etishga bo‘lgan shijoatingiz hamda Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz barchamiz uchun cheksiz faxr va iftixor manbaidir.
Toshkent davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ham ilm-fan, tibbiyot va innovatsiyalar sohasida erishayotgan yutuqlari bilan mamlakatimizning ertangi kunini barpo etishda munosib hissa qo‘shmoqda. Sizlarning har bir muvaffaqiyatingiz universitetimiz nufuzi va yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Ishonamanki, sizlar yuksak bilim, zamonaviy dunyoqarash va Vatanga sadoqat bilan xalqimiz salomatligini asrash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatadigan yetuk shifokor va mutaxassislar bo‘lib kamol topasiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, ulkan zafarlar, ezgu maqsadlaringiz ro‘yobi va yangi yutuqlar tilayman.
30-iyun — Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,Shuxrat BoymuradovToshkent davlat tibbiyot universiteti rektori

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment