




Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Bolalar kasalliklari kafedrasi dotsentlari Avezova Guloyim Sattarovna, Sultanova Nafisa Sabirovna hamda talabalar Mansurova Kamila Igorevna va Usmonov Salohiddin O‘tkir o‘g‘li 2026-yil 24–27-iyun kunlari Fransiyaning Lill shahrida bo‘lib o‘tgan 58-ESPGHAN Congress xalqaro kongressida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
ESPGHAN (European Society for Paediatric Gastroenterology, Hepatology and Nutrition) bolalar gastroenterologiyasi, gepatologiyasi va ovqatlanishi yo‘nalishidagi dunyoning eng nufuzli ilmiy jamiyatlaridan biri hisoblanadi. Har yili tashkil etiladigan mazkur kongressda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, shifokorlar va mutaxassislar jam bo‘lib, sohadagi eng so‘nggi ilmiy yutuqlar, innovatsion diagnostika va davolash usullari hamda xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti vakillarining ishtiroki universitetning xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, yangi ilmiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda ilg‘or ilmiy tajriba va zamonaviy yondashuvlarni mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz!