Magistraturaga qabul boshlandi

Magistraturaga qabul boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi. Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
Bakalavr diplomi;
Chet tilini bilish sertifikati.
Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati.
Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:
1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar);
3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.

Bizni kuzating


Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram

Leave a comment