‼SAT sertifikatlari “College Board” platformasi orqali vazirlikka elektron yuborish DI kodi – 30054

‼SAT sertifikatlari “College Board” platformasi orqali vazirlikka elektron yuborish DI kodi – 30054

Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
2026/2027-o‘quv yili magistratura qabulida mazkur imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari “College Board” rasmiy platformasi orqali 30054 DI kodi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga elektron tarzda yuborilishi lozim.
Natijalar DI kodi orqali quyidagi tartibda yetkaziladi:1⃣Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi.
2⃣Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Vazirlikka taqdim etiladi.
Eslatma: Qabul jarayonida faqat DI kodi (30054) orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuborilgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topiladi. Sertifikatni qo‘lda yuklash, PDF variantini tizimga joylash yoki skrinshotlarini taqdim etish qabul jarayonida hisobga olinmaydi.
Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga roʻyxatdan oʻtish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyul kuniga qadar davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Leave a comment