Toshkent davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi Jizzax viloyatida

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 26-dekabrdagi 400-son buyrug‘iga muvofiq, Jizzax viloyati Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan. Shu asosda universitet rektori boshchiligidagi mas’ul xodimlardan iborat ishchi guruh hududda amaliy faoliyatni boshladi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyatini takomillashtirish, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni aholiga yanada yaqinlashtirish hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini yuksaltirishdan iborat.

Ishchi guruh tomonidan viloyatdagi tibbiyot muassasalari faoliyati, moddiy-texnik baza, kadrlar ta’minoti, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va tizimdagi dolzarb masalalar atroflicha o‘rganilmoqda.

Shuningdek, hududdagi mutaxassislar bilan hamkorlikda klinik protokollarni amaliyotga samarali joriy etish, bemorlar marshrutini takomillashtirish, kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika va davolash jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar olib borilmoqda.

Mazkur tashrif Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tibbiy ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, eng muhimi esa hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment