








Toshkent davlat tibbiyot universitetining Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi katta o’qituvchisi, PhD Zaynutdinova D.L. tomonidan 2-son davolash ishi 3-kurs 314B, 316A, 307B guruhlari talabalari uchun «Transfuziologiya asoslari» fanidan Respublika Qon Quyish Markaziga unutilmas va ma’naviy jihatdan boy ekskursiya tashkil etildi. Tashrif davomida talabalar donorlikning naqadar ulug‘vor, hayot saqlab qolishga qodir ezgu amaliyot ekanini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar.
Ular qon topshirish jarayonining har bir bosqichi — donorlar ko‘rigi, laborator tekshiruvlar, xavfsizlik qoidalari va qon komponentlarini tayyorlash jarayonini yaqindan kuzatib, o‘z bilimlarini amaliyot bilan boyitdilar.
Tashrifning eng ta’sirli onlaridan biri shundaki, 4 nafar talaba ko‘ngillilik asosida donorlik qilishni tanlab, boshqalarga hayot baxsh etishda o‘z ulushini qo‘shishdi. Ularning bu ezgu qadami barcha talabalarga ilhom bo‘lib, kelajak shifokorlari uchun haqiqiy insonparvarlik namunasi bo‘lib qoldi.
Bu ekskursiya nafaqat bilim, balki mehr, mas’uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilish tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
Rasmiy sahifalarimiz: