


halollik tamoyillarini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir avvalida mehmonlar Toshkent davlat tibbiyot universiteti faoliyati, ta’lim va ilmiy salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Jaloliddin Asamutdinov, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.
Ochiq muloqot davomida sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish, tibbiyot sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, komplayens nazorati tizimini takomillashtirish hamda bo‘lajak shifokor va mutaxassislarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim muassasalarida halollik muhitini mustahkamlash, yoshlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr va takliflar bildirilmoqda.
Mazkur ochiq muloqot sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritadigan kelajak mutaxassislarining kasbiy etikasi, halollik tamoyillariga sodiqligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
TelegramFacebookInstagramYouTubeXlinkedin Tik Tok