No_comment

Odamlarga xolisona ko‘maklashish xalqimizga xos qadriyatlardan bo‘lib, keyingi yillarda u volontyorlik harakati sifatida izchil rivojlanmoqda. Bu borada “Volontyorlik to‘g‘risida”gi Qonun huquqiy asos bo‘lyapti.

 
Poytaxtimizdagi EMU universiteti mezbonlik qilgan “Salomatlik volontyorlari” harakatining I qurultoyi bu boradagi ishlarga yangicha sur’at berish maqsadida tashkil etildi.
 
Ochilishi marosimida qatnashgan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Adham Xudoyqulov tomonidan ta’kidlanganidek, yaqinda faoliyat boshlagan ushbu harakatdan ko‘zlangan maqsad fuqarolar tibbiy savodxonligini yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholini volontyorlikka jalb etish, ularni yagona platformaga birlashtirish, natijada profilaktik tibbiyotni rivojlantirishdan iboratdir.
 
Qurultoy doirasida o‘tkazilgan “Salomatlik uchun” ko‘rgazmasi, “Hayot ulash” donorlik aksiyasi va “Sog‘lom hayot sari” ommaviy yugurish tadbirlari ham ana shu maqsad xizmat qildi.SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.SSV Matbuot xizmati.Web-siteTelegramFbInstagram

Leave a comment