
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rasmiy telegram kanalida e’lon qilinganidek, N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining (Moskva shahri) ordinaturasiga qabul doirasida barcha zarur hujjatlarni yuklagan va Pirogov Universiteti tomonidan tasdiq olgan talabgorlar uchun ertaga, 2026-yil 29-iyul kuni soat 12:00 da Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pediatriya kampusi hududida test imtihonlari bo’lib o’tadi.Manzil: Bog‘ishamol ko‘chasi 223-uy, ToshDavTU Pediatriya kampusi hududi, Simulyatsiya markazi binosi.
Barcha talabgorlar test imtihoniga xorijga chiqish pasportlari va diplomning tasdiqlangan tarjimasi bilan soat 11.00 ga kelishlari shart.
Universitet Qabul komissiyasi barcha talabgorlarga muvaffaqiyat tilaydi.
Rasmiy sahifalarimiz: