Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida voleybol musobaqalari yuqori kayfiyatda davom etmoqda.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida voleybol musobaqalari yuqori kayfiyatda davom etmoqda.

    Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish hamda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida universitetning “Shifokor” sport majmuasida voleybol bo‘yicha o‘rtoqlik musobaqalari muntazam o‘tkazilmoqda.

Musobaqalarda ishtirok etayotgan talabalar sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy birdamligi va faol hayotiy pozitsiyasini namoyon etmoqda. Qizg‘in va murosasiz kechayotgan uchrashuvlar sport madaniyatini rivojlantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Bunday musobaqalar universitetda sog‘lom va faol turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Mas’ul: F.Z. Nurimova.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment