Toshkent davlat tibbiyot universitetida Saudiya Arabistoni Tibbiyot mutaxassisliklari komissiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Saudiya Arabistoni Tibbiyot mutaxassisliklari komissiyasi (Saudi Commission for Health Specialties – SCFHS) vakillari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiy ta’lim, mutaxassisliklarni akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda tibbiyot kadrlarini tayyorlash yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda Saudiya Arabistoni tomonidan SCFHS Bosh direktorining strategiya bo‘yicha o‘rinbosari Abdalla Alxavvas hamda komissiya vakili, doktor Amjad Alahmed ishtirok etdi. Tomonlar tibbiyot ta’limini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish, akkreditatsiya tizimini rivojlantirish hamda tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Muzokaralar davomida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy ta’lim metodologiyalarini joriy etish va tibbiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda tibbiy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiluvchi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment