Toshkent davlat tibbiyot universitetida Saudiyaning Kdot kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Saudiya Arabistonining Kdot kompaniyasi vakillari hamda tibbiy ta’limda sun’iy intellekt bo‘yicha mustaqil ekspert ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tibbiy ta’limni raqamli transformatsiya qilish, o‘quv jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, sog‘liqni saqlash tizimining IT-infratuzilmasini rivojlantirish hamda innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarda Kdot kompaniyasi bosh direktori Faysal Al-Daud hamda tibbiy ta’limda sun’iy intellekt bo‘yicha ekspert, katta konsultant-jarroh Said Raxha ishtirok etib, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, zamonaviy IT yechimlari va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish borasidagi xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, tibbiyot ta’limida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash hamda kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv Toshkent davlat tibbiyot universitetida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini tibbiy ta’limga keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment