Xorijiy fuqarolar uchun e’lon!

Klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabuli boshlandi

Hurmatli xorijiy fuqarolar!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklariga xorijiy fuqarolardan hujjatlar qabul qilish boshlanmoqda.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 31-avgustga qadar.

Xorijiy fuqarolar Toshkent davlat tibbiyot universitetida mavjud klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qish uchun hujjat topshirishlari mumkin.

O‘qishga qabul qilish Suhbat asosida amalga oshiriladi. Suhbat Zoom platformasi orqali (video yozuv ostida) tegishli mutaxassislik bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisligi ko‘rsatilgan ariza;

aloqa ma’lumotlari (abituriyentning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili);

oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi (baholar ko‘rsatilgan), notarial tasdiqlangan o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi bilan;

milliy va xorijga chiqish pasportining elektron nusxasi.

Eslatma!

To‘liq hajmda taqdim etilmagan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Hujjatlar quyidagi elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi:

E-mail: enter.tsmu@gmail.com

Qo‘shimcha ma’lumotlar Toshkent davlat tibbiyot universitetining rasmiy axborot resurslari orqali e’lon qilinadi.

Asoslanmagan ma’lumotlarga ishonmasligingizni so‘raymiz. Rasmiy ma’lumotlar faqat Toshkent davlat tibbiyot universitetining rasmiy sayti orqali e’lon qilinadi.

Mutaxassislik ordinatura 2026-yil

Leave a comment