


Tashrifdan asosiy maqsad — tibbiy ta’limni rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, zamonaviy ta’lim metodikalarini joriy etish hamda ikki tomonlama akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat. Ayni paytda delegatsiya Toshkent davlat tibbiyot universitetining faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Shuningdek, tashrif davomida mehmonlarga universitetda tibbiy ta’lim, klinik tayyorgarlik, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilmoqda.
Bugungi uchrashuvlar doirasida tibbiy ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini rivojlantirish, klinik ta’limni takomillashtirish, zamonaviy o‘qitish metodikalarini joriy etish, tajriba almashish va qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok