YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!

YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi xodimlar — bo‘lim boshliqlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda tarbiyachi-pedagoglar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminarga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Turdikul Akramovich Bobomuratov hamda Moliya-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor Asqarov Nurbek Lazizjon og‘li rahbarlik qildi.
Seminar davomida quyidagi ustuvor masalalar muhokama qilindi: 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish;
talabalarni ijara xonadonlari va talabalar turar joylariga joylashtirish;
tyutorlar faoliyatini KPI tizimi asosida baholash;
“Eng yaxshi tyutor” tanlovini tashkil etish;
“Jadid” gazetasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida onlayn ijodiy ishlar tanlovini o‘tkazish.
Yoshlar xavfsizligi va profilaktika masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, mas’ul inspektorlar faoliyatini jadallashtirish hamda “Narkotik quti” faoliyatini doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilida giyohvandlikka qarshi profilaktik reja va dasturni amalga oshirish, birinchi bosqich talabalariga giyohvand moddalarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berish hamda universitetda psixologik nazorat faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 3-avgust kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Seminar yakunida mas’ul xodimlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, yillik hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish, talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Yagona Vatan — yagona xalq — mushtarak kelajak!

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment