

Tashrifning asosiy maqsadi milliy tibbiy ta’limni rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va zamonaviy o‘qitish metodologiyalarini joriy etishdan iborat. Delegatsiya tarkibida tibbiy ta’lim va klinik amaliyot sohasida katta tajribaga ega mutaxassislar – professor Mark Lillikrap, doktor Ruchi Sinnatambi va Cheril Frens o‘rin olgan.
Xorijiy delegatsiya Toshkent davlat tibbiyot universitetining klinik bazalari va tegishli kafedralari faoliyati bilan tanishmoqda. Yaqin orada mehmonlarga universitetda tibbiy ta’lim, klinik tayyorgarlik, ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot beriladi.
Uchrashuvlar doirasida tibbiy ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasini rivojlantirish, klinik ta’limni takomillashtirish, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlash joizki, Kembrij Universiteti 1209-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyodagi yetakchi ilmiy va ta’lim markazlaridan biri hisoblanadi. Universitet 31 ta kollejdan iborat bo‘lib, unda Klinik tibbiyotni o‘z ichiga olgan oltita akademik maktab mavjud.
Rasmiy sahifalarimiz