






Salomatlik uchun bir qadam: tibbiy yordam aholiga yanada yaqinlashmoqda
Bugun Termiz shahrida joylashgan Tibbiyot klasterida aholi uchun keng qamrovli sayyor tibbiy qabul tashkil etildi.
Mazkur sayyor qabulda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuhrat Boymuradov Tibbiyot klasteriga tashrifi chog‘ida ishtirok etib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qildi, ularning murojaatlarini tingladi, tibbiy maslahatlar berib, amaliy yordam ko’rsatdi.
Tadbir TDTU Termiz filiali hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Sayyor qabulning asosiy maqsadi — aholining tibbiy muammolarini joyida o‘rganish, malakali mutaxassislar maslahatini yo‘lga qo‘yish, zarur tibbiy ko‘rik va tekshiruvlarni o‘tkazish hamda murojaatlarni imkon qadar joyida hal etishdan iborat.
Eng muhimi, har bir murojaat e’tiborda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt