
Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichiga suhbat asosida qabul qilish jarayonlari yakunlandi.
Suhbatlar davomida bitiruvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishiga bo‘lgan motivatsiyasi, shaxsiy-kasbiy xususiyatlari, soha bo‘yicha bilimlari va kasbiy ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Mazkur jarayon texnikum bitiruvchilarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limni davom ettirishlari hamda tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimining uzviyligini ta’minlashda muhim bosqich bo‘ldi.
Suhbat jarayonlarida ishtirok etgan barcha bitiruvchilarga kelgusi ta’lim va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimiz!