
Aziz talabalar!
Sizlarni Toshkent davlat tibbiyot universitetiga talaba bo‘lganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Sizning bugungi yutug‘ingiz — katta mehnat, izlanish va intilishlaringizning munosib natijasidir. Endilikda sizlarni hayotingizning yangi, mas’uliyatli va sharafli bosqichi kutmoqda.
Tibbiyot — inson hayoti va salomatligi uchun yuksak mas’uliyatni talab qiladigan ulug‘ kasb. Ishonamanki, siz universitetimizda puxta bilim olib, zamonaviy tibbiyot sirlarini egallab, kelajakda xalqimiz salomatligini asrashga munosib hissa qo‘shadigan fidoyi va malakali shifokorlar bo‘lib yetishasiz.
Sizlarga universitetimizning katta va ahil oilasiga xush kelibsiz, deyman!
Yangi o‘quv yilida barchangizga mustahkam iroda, ulkan zafarlar, ilm yo‘lida yuksak marralar va yorqin kelajak tilayman.
Talabalik baxti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professorShuxrat BoymuradovTelegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok